Peres: Bu o‘yinchini “Real”dan yo‘qotinglar!

  • 6 aprel, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lukas Vaskes “Real” o‘yinchilari orasida katta ta’sir doirasiga ega bo‘lsa-da, tajribali futbolchining Madrid klubidagi faoliyati yakuniga etib bormoqda.

“Qirollik klubi” direktor kengashiga yaqin manbalardan kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda, klub xo‘jayini Florentino Peres bu futbolchi bilan xayrlashish borasida yakuniy qarorni qabul qilib bo‘lgan.

Yozda 34 yoshga to‘ladigan o‘ng qanot himoyachisining shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Klub bu futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmaydi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Lukas Vaskesga o‘zini ko‘rsatishi va jismoniy tayyorgarligini yana yuqori darajaga  ko‘tarib olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar berganiga qaramay, himoyachi bundan foydalana olmadi.

DefensaCentral nashri jamoaga “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnoldning kelayotgani o‘ng qanotda yangi futbolchi paydo bo‘lishini bildiradi. Bu pozitsiyaga da’vogar Lukas Vaskes va dani Karvaxal o‘zidan ancha yosh bo‘lgan angliyalik himoyachi bilan raqobatlasha olmaydi.

Lukas ning o‘zi vaziyatni tushunib turibdi va har taklifni o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirgan. Unga Ispaniyaning o‘zidan “Malorka” va “Espanol”, Saudiya Arabistoni va MLS klublari qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!