Peres: Eden, "Real"ga xush kelibsan

  • 13 iyun, 2019, 23:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Eden Azarni "Santyago Bernabeu"da ko‘rib turganidan xursand ekanligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Bugun jamoamiz uchun juda quvonchli kun. Bu klubni sevadigan har bir inson uchun o‘zgacha kun. Ushbu futbolchi futbolni o‘zgartira oladigan o‘zgacha futbolchidir. 

Biz Santyago Bernabeu va Alfredo Di Stefanolarning falsafasini davom ettiramiz: "Real"da faqat eng kuchlilar o‘ynashi kerak va bugun shunday futbolchilarning biri bilan tanishib turibsiz. Xush kelibsan, Azar! Men bu so‘zlarni anchadan beri aytishni istab kelgan edim.

Bugun sening orzuying ushalmoqda. Endi ushbu stadion sening uying. Sen "Chelsi"dagi ulkan mehnatlaring sabab bunday yuksak mavqega erishding", - dedi Peres taqdimot marosimida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!