Peres ko‘zlayotgan yulduzning nomi ma'lum bo‘ldi

  • 05.06.2026 19:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres kelasi hafta "Bavariya" futbolchisi Maykl Olise transferi uchun 150 million yevro taklif qiladi. Bu haqida AS xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Qirollik klubi" rahbari kelasi seshanba kuni "qaymoqranglilar" tarixidagi eng katta transfer taklifini berishini ma'lum qilgandi. Biroq Peres bu Olisega tegishli emasligini ta'kidladi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, fransuz hujumchisining ehtimoliy transferi oson bo'lmaydi, chunki "Bavariya"ga sotuvlardan keladigan pullar kerak emas.

O'tgan mavsumda Olise barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!