Peres Mbappening uzridan keyin “Real” eshiklarini ochib berdi

  • 25 dekabr, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” prezidenti Florentino Peres Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening jahon chempionatida namoyish qilgan o‘yinidan hayratga tushdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri ma’lumot berishicha, Mbappening o‘zi yozda PSJni tark etishni istamoqda. Parijliklar ham o‘z etakchisi bilan xayrlashishga tayyor va futbolchini 300 million evroga baholagan.

O‘tgan yozda Mbappe “Real” kutganiga qaramay, Parijda qolishga qaror qilgandi. Lekin hozir 24 yoshli hujumchi madridliklarning taklifini qabul qilmaganidan pushaymon bo‘layotgan ekan.

“Real” rahbariyati “Santyagu Bernabeu” stadioni eshiklari frantsiyalik o‘yinchilar uchun yopilganini bildirgandi.

Shunga qaramay, klub prezidenti Florentino Peres jahon chempionatidan keyin fikrini o‘zgartirdi. Shu bois, u Mbappega shaxsan telefon qildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Mbappe qilmishi uchun uzr so‘ragan. Florentino Peres ham unga ikkinchi bor imkoniyat berishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!