Peres, Mourin'yo va Mbappe birgalikda “Real” uchun superyulduz tanladi

  • 28.06.2026 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri “Bavariya” vingeri Maykl Olise bo‘lib qolmoqda.

Sport nashrining yozishicha, klub prezidenti Florentino Peres Oliseni jamoaga olib kelish g‘oyasidan voz kechmagan.

Qayd etilishicha, “Real” klubi  “Bavariya” bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istaydi va transfer bo‘yicha faqat rasmiy muzokaralar orqali harakat qiladi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Peres bu transferni Kilian Mbappening tavsiyasi va Joze Mourinyoning ma’qullashi bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bitim murakkab bo‘lsa-da, imkonsiz emas. Ayniqsa, agar Vinisius Zhunior shartnomasini uzaytirmasa va 2027 yilda klubni tark etsa, bu transfer yanada dolzarb­lashishi mumkin.

Avvalroq “Bavariya” Maykl Oliseni hatto juda katta mablag‘ evaziga ham sotmasligini ma’lum qilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!