Peres "Real"dagi yutuqlarini baholadi: "Klub qiymati 10 milliard yevro"

  • 05.06.2026 14:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Florentino Peres "Real" prezidenti sifatidagi faoliyati davomida erishilgan yutuqlar haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik rahbar 2000–2006 yillar davomida klubni boshqargan, 2009 yildan esa yana qaytib kelib, hozirgacha ushbu lavozimni egalab kelmoqda.

"2000 yilda birinchi marta "Real"ga kelganimda, klub futbolchilar maoshini to‘lashga qodir emas edi. Hozir esa "Real"ning qiymati 10 milliard yevro deb baholanmoqda", — dedi Peres "Madrid Zone" manbasiga ko‘ra.

Ma’lumot uchun, 7 iyun kuni klubda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Unda Florentino Peresning yagona raqibi Enrique Rikelme bo‘ladi, u Peresdan 42 yosh kichik hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!