Peres saylovda g‘alaba qozonsa, “Real”ga PSJ yulduzini olib kelmoqchi
"Real" prezidenti Florentino Peres saylovda gʻalaba qozongan taqdirda, PSJdan portugalialik Joau Neveshni sotib olish orqali klub yarim himoyasini kuchaytirishga harakat qilmoqchi. Bu haqida jurnalist Alberto Pereyro xabar berdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, 21 yoshli portugalialik futbolchi Madrid klubining ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi.
Avvalroq, Peresning saylovoldi dasturida "Real" istagan futbolchilar roʻyxatida "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol borligi xabar qilingan edi.
Neveshning parijliklar bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uni 140 million yevroga baholamoqda. Yakunlangan klub mavsumida Nevesh barcha musobaqalarda 38 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar