
Peres va Zidan Pogbaning transferi masalasida kelisha olishmayapti
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozda jamoaga "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani olib kelmoqchi. Biroq, klub prezidenti Florentino Peres bunga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Uning fikricha Pogba MYu talab qilayotgandek 150 million evrolik futbolchi emas. Bundan tashqari , Peres frantsiyalik futbolchi xuddi Joze Mourino bilan mojaro keltirib chiqargani kabi “Real”da ham mojaro chiqarishidan cho‘chimoqda.
Fikrlar