
Peres Xolandnning transferi haqida gapirdi
"Real" prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti”ga o‘tgan Erling Xoland haqida gapirdi. U Mbappening PSJda qolishini bilganida ham, Madrid klubi “Borussiya”dan Erling Xolandni sotib olmagan bo‘lishini aytdi.
“Mbappening Parijda qolishi Xolandga ta’sir qilmadi. Mutlaqo. Bizda Benzema bor, shuning uchun Erling va Karim bitta jamoada bo‘lishi mumkin emas.
Xoland bilan shartnoma imzolab, uni zaxira o‘rindig‘iga qo‘ya olmasdik. U fantastik futbolchi. Lekin ayni paytda uning xizmatlariga muhtoj emasmiz. Ko‘ramiz, ehtimol keyinchalik bu variantga yana qaytishimiz mumkin”, - deya Peresning so‘zlarini keltiradi “El Chiringuito”.
Ma’lumot o‘rnida, mavsum yakunlanganidan keyin Xoland “Man Siti” bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
Fikrlar