Peter Shmeyxel: Ayb de Xeada emas

  • 3 may, 2019, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel jamoaning ispaniyalik posboni David de Xea nisbatan bildirilayotgan tanqidlarni o‘rinsiz deb aytdi.

Tecno

“Ko‘pchilik u bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydi deb hisoblaydi. Ha, shunday holatlar bo‘ldi. Bunday vaziyatlar har qanday darvozabonda uchrab turadi.

Tasavvur qiling, agar de Xea bo‘lmaganda “Manchester Yunayted” hozir qaerda turgan bo‘lardi? Men uni hech narsada ayblay olmayman. Menimcha u ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.

Ayb Davidda emas. Hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar boshqa muammolar ham bor”, - deydi Shmeyxel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!