Petit: “Menimcha, u “Arsenal”ga kerakli futbolchi”
“Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezus jarohat olgach, klub yangi futbolchi sotib olmoqchi. “Kanonirlar” jamoasining sobiq yulduzi Petit klubga kim kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Arsenal” Kristian Pulishichni sotib olishi kerak.
“Pulishich jahon chempionatida qasos bilan o‘ynaganiga guvoh bo‘ldik. U muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi lozim. Menimcha, vinger “Arsenal”ga kelishi kerak bo‘lgan futbolchi. U Jezusning o‘rnini munosib to‘ldira oladi. Hakim Ziesh ham shunday. Futbolchi “Chelsi”da baxtli emasligi ko‘rinib turibdi. Ikkala o‘yinchi ham bunga loyiq emas”, - dedi Petit.
“Menimcha, ular qishda tarkibni kuchaytirishi kerak. Ramosh haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Ammo bunga hali erta. U Marokashga harshi hech narsa qila olmadi. Zaxa, Sent-Maksimen va Pulishich - bular mening uchtaligim. “Arsenal” ushbu futbolchilarni sotib olishi kerak”, - deya qo‘shimcha qildi 52 yoshli frantsuz.
Fikrlar