PFL ning ikki karra chempioni promoshenni tark etdi
"Professional Fighters League" (PFL) promousheni braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Larissa Pacheko bilan xayrlashdi.
“Liga Larissa Pacheko bilan shartnomani bekor qiladi. U ko‘rsatgan yorqin janglar uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatida omad tilaymiz!” - deyiladi PFL bayonotida.
Ma’lumot uchun, Pacheko 2019 yildan beri PFL da ishtirok etib kelgan. U yarim engil va engil vazn toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritgandi. So‘nggi jangini 2024 yilda Kris Sayborgga qarshi o‘tkazib, hakamlar qarori bilan mag‘lub bo‘lgan. Umumiy hisobda Larissada 23 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat mavjud.
Fikrlar