
PFLdan navbatdagi o‘zgarish: "Paxtakor” — “Metallurg” bahsi 1 may kuni bo‘lib o‘tadi
Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki klub – “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari mazkur tur doirasidagi o‘z uchrashuvlarini boshqalardan ertaroq 3 may, juma sanasida o‘tkazishi lozim edi. Zero 6 hamda 7 may kunlari ushbu ikki klub Osiyo Chempionlar ligasida ham maydonga tushadi.
6 may kuni o‘z maydonida Eronning “Persepolis” jamoasini qabul qiluvchi – “Paxtakor” klubi rahbariyati Superliga 7-tur o‘yinini 1 may sanasiga ko‘chirishni so‘rab PFLga murojaat qildi. Xalqaro maydonda o‘yin o‘tkazadigan klubning tayyorgarligiga etarlicha vaqt bo‘lishi uchun PFL mazkur bahsni 1 may sanasiga ko‘chirish so‘roviga ijobiy javob berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
7-tur
1 may, chorshanba
18:30 "Paxtakor" — "Metallurg"
Fikrlar