Asosiy mazmunga oʻtish

Pike: "Real"ning bu ishi hakamlarga bosim o‘tkazadi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Sobiq futbolchi "qirollik klubi" haqida gapirdi

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" sobiq futbolchisi Jerar Pike "Real Madrid"  tomonidan La Liganing 22-turidagi "Espanol"ga qarshi o‘yinda hakamlar ishidan norozi bo‘lganiga munosabat bildirdi. Ushbu bahsda "qaymoqranglilar" 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

— "Bunday hikoyani biz allaqachon ko‘p marotaba boshdan kechirganmiz. 120 yildan beri shu bilan yashaymiz. Bu "Real"ning uslubi. Ular g‘alaba qozona olmaganda, boshqa mexanizmlarni ishga solishni boshlaydilar. Bu doim shunday bo‘lgan. Natijada hakamlarga ulkan bosim o‘tkazilishi mumkin", — deya "Sport.es" nashri Pikening so‘zlarini keltirdi.

Ispaniya chempionatining 22-turidan so‘ng "Real" 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari eng yaqin ta’qibchisini bir ochko farq bilan ortda qoldirmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q