
Pikening jamoasi "Paxtakor" a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Abdurauf Bo‘riev Evropa klubida faoliyatini davom etirishi mumkin. Futbolchiga hozirda 2 ta klub qiziqish bildirmoqda
Gretsiyaning AEK klubi yarim himoyachini diqqat bilan kuzatmoqda. AEK o‘tgan mavsum Gretsiya ligasida 53 ochko jamg‘argan holda, chempionatni 2-o‘rinda yakunlagan. Klub bu mavsum Konfrentsiyalar ligasida o‘ynashi ham mumkin. Hozirda ular saralash bosqichida o‘z raqibini kutib turibdi.
Ispaniya Segunda jamoasi "Andorra" Bo‘rievni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ispaniya klubi Abduraufni Jahon chempionatida porlaydigan yosh iste’tod sifatida ko‘rmoqda. Bu kubning prezidenti "Barselona"ning sobiq o‘yinchisi Jerard Pike hisoblanadi. Jamoa o‘tgan mavsum Segundada 60 ochko bilan chempionatda 4-o‘rinni band qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abdurauf Bo‘rievning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 500 ming evroni tashkil qiladi.
Fikrlar