Pikfordning hayoti xavf ostida

  • 28.10.2020 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Liverpul derbisida Virjil van Deykka jiddiy jarohat etkazgan “Everton” darvozaboni Jordan Pikford o‘zi bo‘layotgan tahdidlar oqibatida o‘zini va oila a’zolarini himoya qilish tansoqchilarini yonlashga majbur bo‘ldi.

O‘yinda olgan jarohati tufayli “Liverpul”ning  niderlandiyalik futbolchisi mavsumni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi. Pikford esa, bu vaziyatda aybsiz, deb topildi va jazodan qutilib qoldi.

Shundan so‘ng, liverpullik ashaddiy muxlislar raqib darvozaboniga ijtimoiy tarmoqlar orqali turli tahdidli va haqoratli xabarlar jo‘nata boshladi. Bu masala bo‘yicha politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!