Pirlo Rossiyaning bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorlik tufayli Italiya bosh murabbiyi bo‘lmasligi mumkin
Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib Andrea Pirloni tayinlash masalasi savol ostida qoldi. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, muammo Pirloning Rossiyadagi bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligiga borib taqaladi. Italiya qonunchiligiga muvofiq, agar u milliy jamoani boshqarishni istasa, mazkur kompaniya bilan bog‘liq har qanday reklama shartnomalaridan voz kechishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim italyalik siyosatchilar Pirloning bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli bosh murabbiy lavozimi uchun umuman boshqa nomzod izlashni talab qilayotgani aytilmoqda.
Bundan avval ommaviy axborot vositalari Xosep Gvardiola va Karlo Anchelotti Italiya terma jamoasini qabul qilish taklifini rad etgani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor jahon chempionati asosiy bosqichiga chiqa olmagandi.

Fikrlar