
Pirloning xayrlashuv uchrashuvida 14ta gol kiritildi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha «Milan» va «Yuventus» klubi hamda Italiya terma jamoasi afsonasi Andrea Pirlo kecha o‘zining xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Milandagi mashxur “San Siro” stadionida Pirloning terma jamoa va klublardagi sobiq jamoadoshlaridan tashkil topgan “Oq yulduzlar” va “Ko‘k yulduzlar” jamoalari o‘zaro to‘p surishdi. Uchrashuv 7:7 hisobida yakunlandi.
Qayd etish lozimki shu kuni “oqlar”ga Antonio Konte va Karlo Anchelotti ustozlik qilgan bo‘lsa, “ko‘klar”ni Roberto Donadoni, Mauro Tassotti va Massimiliano Allegrilar murabbiy sifatida boshlab tushishdi.
Quyida ushbu uchrashuvda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar