
Piter Xyuistra: Peshqadam va 3-o‘rindagi jamoa ishtirokidagi juda yuqori darajali o‘yin bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvida poytaxtliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Piter Xyuistra ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Peshqadam va 3-o‘rindagi jamoa ishtirokidagi juda yuqori darajali o‘yin bo‘ldi. Raqib bizga katta qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Ular bir necha syurprizlar tayyorlab qo‘ygani muammo tug‘dira oldi. Bugun taktik futbol guvohiga aylandik. Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi va men g‘alabamizdan xursandman.
Matich hal qiluvchi golni urganini ko‘rish yoqimli. Bu kabi o‘yinlar menga yoqadi. Boisi, unda ko‘proq o‘ylanishga harakat qilasan. Buning uchun "Nasaf"ga hurmat bajo keltirmoqchiman. To‘g‘ri, raqib bugun yaxshi futbol namoyish etdi. Biroq o‘yin nazorati ular qo‘lida bo‘ldi, deya olmayman. Ba’zi jihatlar ustida ishlab, ularni yaxshilashimiz lozim.
Matichning ijobiy tomonlari ko‘p. U mashg‘ulotlarni qattiq mehnat qilish va o‘zini ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi. "Paxtakor"ga to‘liq moslashib ketishi uchun unga vaqt kerak. Boyan jamoaviy futbolda o‘zini yaxshi his etadi.
Hamdamov jamoaga qaytganidan xursandman. U bizning klub tizimiga juda mos futbolchi edi va legioner sifatida o‘yini o‘xshamaganiga "Paxtakor"ga bog‘lanib qolgani sabab bo‘lgandir. To‘g‘ri, yoshlar bilan ishlash kerak. Men bu fikrni doim ilgari surganman. Ko‘rganingizdek, Doston bugun asosiy tarkibda o‘ynamadi. Uning jamoada ekanligi Diyor Xolmatovni doimiy sergaklikda ushlab turishga xizmat qiladi. Ular o‘rtasida samimiy raqobat bor.
Yana bir jihatni unutmaylik, Doston endigina 24 yoshga kirdi va uni yoshi katta futbolchi, deb bo‘lmaydi. Shuningdek, u "Paxtakor"ga qaytish uchun maoshi ancha kamayishiga ham rozi bo‘ldi".
Fikrlar