
Pochettino: "2018 yili "Real Madrid"da Zidanning o‘rniga murabbiylik qilishim mumkin edi"
AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Madridning "Real" klubiga qanday qilib o‘tmay qolgani haqida gapirdi.
"Futbolchi bo‘lganimda ham "Real"ga o‘tish imkoniyati bor edi, lekin amalga oshmadi. Murabbiy bo‘lganimda ham shunday imkoniyatlar paydo bo‘ldi, ammo futbolda ba’zan shunday holatlar bo‘lib turadi. 2018 yili Zidan ketganida, "Real"ga o‘tish ehtimoli bor edi. Albatta, boshqa murabbiylar ham nomzod bo‘lgan.
Men Daniel Leviga ("Tottenxem" prezidenti) yangi stadion qurilib tugallangunga qadar qolishim haqida va’da bergan edim. Keyin esa Levi rozi bo‘lsa, "Real"ga o‘tishni aytdim. Nima sodir bo‘lganini bilmayman. Ehtimol, u rozilik bermagan. Florentino Peres buni qanday qabul qilganini ham bilmayman. Bu mening aybim emasdi – chunki men shartnomada edim.
Ammo omad bo‘lsa, hali ham kech emas", – dedi Pochettino "Chiringuito TV"ga bergan suhbatida.
Fikrlar