Pochettino bu yil «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi kerakligini aytdi
AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jurnalistlar bilan suhbatda bu yilgi «Oltin toʻp» sohibi kim boʻlishi kerak, degan shaxsiy fikrini bayon etdi.
Pochettino ESPN bilan intervyusida aytishicha, u mukofot «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keynga nasib etishini istaydi. Argentinalik mutaxassisning taʼkidlashicha, Keyn bu sovringa butun faoliyati, futbolga qoʻshgan hissasi va yillar davomida koʻrsatgan barqaror oʻyini bilan munosib.
«Menimcha, u bu mukofotga loyiq. Huddi undan oldin Fabio Kannavaro, Karim Benzema va Luka Modrich qanday munosib koʻrilgan boʻlsa, Keyn ham shunday eʼtirofga sazovor», — dedi Pochettino.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Garri Keyn «Bavariya»ga Bundesligada chempionlikni qoʻlga kiritishda va jamoaning Chempionlar ligasi yarim finaligacha yetib borishida muhim rol oʻynadi. Jahon chempionati — 2026 da esa Keyn yetakchiligidagi Angliya terma jamoasi bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi.

Fikrlar