Pochettino “Chelsi” hujumiga kutilmagan futbolchini tanladi

  • 19 may, 2023, 09:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Maurisio Pochettino hali rasman “Chelsi” bosh murabbiyligiga tasdiqlangani yo‘q. Biroq, argentinalik mutaxassis kelasi mavsumga rejalarini oshkor qila boshladi.

Tecno

Pochettino ilgari Angliya Premer-ligasigada “Sautgempton” va “Tottenxem”ni boshqarib, ingliz futbolida katta tajriba to‘plagan.

Mohir murabbiy “Chelsi” hujum chizig‘ida asosiy vazifasini yulduz darajasidagi o‘yinchi bajarish kerakligini ta’kidlamoqda. U bu pozitsiyaga jahon chempioni Paulo Dibalani tanladi.

Argentinalik hujumchi hozir Joze Mourino qo‘l ostida “Roma” sharafini himoya qilmoqda. Rimliklar Chempionlar ligasiga chiqish orzusidan tobora uzoqlashmoqda. Agar Mourino shogirdlari kuchli to‘rtlikka kira olmasa, Dibalaning qudratli klublardan biriga o‘tib ketishi kutilyapti.

“Chelsi” ham kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashmasligini inobatga olib, Dibalaning umuman boshqa grand safiga o‘tishi ehtimoli ham katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!