
Pochettino "Chelsi"dagi omadsizlar haqida gapirdi
Maurisio Pochettino Mixail Mudrik, Raxim Sterling va Entso Fernandes haqida gapirdi.
“Endi qaytadan boshlash vaqti keldi. Ular o‘zlarining haqiqiy darajasini ko‘rsatishlari kerak. Shuningdek, biz ular o‘zlarini qulay his qilishlari uchun sharoit yaratishimiz lozim.
Futbolchilarning holatini to‘g‘ri his qilish faqat murabbiyning vazifasi emas. Futbolchi moslashishi, motivatsiyaga ega bo‘lishi va chindan ham ko‘p ishlashga harakat qilishi kerak. Bu eng yaxshi natijaga erishishimizga imkon beradi", - dedi "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi.
Fikrlar