Pochettino “Real” taklifiga munosabat bildirdi

  • 13.03.2026 05:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

AQSh milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Madriddning “Real” klubi uni jamoaning yangi murabbiyi sifatida nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Men “Real”ning qiziqishidan ruhlandimmi? Har bir narsaning o‘z vaqti bor. Futbol sizni qaerga olib borishni o‘zi hal qiladi, - dedi Pochettino.

Bu so‘zlarni Madrid Universal nashri El Chiringuito manbasiga tayanib, X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.

Argentinalik mutaxassis 2024 yilning sentyabridan buyon AQSh terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Pochettinoning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Hozirda “Real”ning bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hisoblanadi. U jamoani 13 yanvardan beri boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!