
Pochettino yangi jamoasida "Barselona" a’zosini ko‘rmoqchi
Maurisio Pochettino "Barselona" yarim himoyachisi Gavini "Chelsi"ga o‘tishini istamoqda. Bu haqda Ispaniyaning "Sport" nashri xabar bermoqda.
Pochettino "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga bir qadam qoldi. Manbaga ko‘ra, argentinalik mutaxassisning asosiy transfer maqsadlaridan biri "Barselona"ning hali La Ligada ro‘yxatdan o‘tmagan a’zosi Gavi.
Avvalroq, Gavi barcha byurokratik qiyinchiliklarga qaramay, "Kamp Nou"ni tark etish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi. Biroq, "Chelsi" bu yozda kelishuvga erishishga harakat qilishi mumkin. Agar La Liga yana "Barselona"ga futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, buni qilish osonroq bo‘ladi.
Gavi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 32 uchrashuvda qatnashib, bitta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar