Pogba agentiga qanday shart qo‘ydi?

  • 12.12.2020 00:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba agenti Mino Rayoladan o‘ziga boshqa jamoa topishni talab qilmoqda.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar Rayola frantsiyalik futbolchining talabini bajarmasa, u o‘ziga boshqa agent yollashi mumkin. O‘z navbatida “qizil iblislar” ham Pogbani yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib yubormoqchi.

MYu Pogbani 2016 yil 105 mln evro evaziga “Yuventus”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!