Pogba faoliyatini Frantsiyada davom ettiradigan bo‘ldi

  • 18.05.2020 18:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi Florentin Pogba faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi.

29 yoshli Pogbaning yangi ish joyi Liga 2 da ishtirokchichi hisoblangan “Sosho” klubi bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach imzolanadi.

Florentinning so‘nggi jamoasi AQShning “Atlanta Yunayted” klubi bo‘lgan edi. U shuningdek “Genchlerbirligi”, “Sedan” va “Sent-Eten” klublarida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!