Pogba muhim musobaqadan chiqarib tashlandi

  • 05.02.2026 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Uzoq tanaffusdan keyin futbolga qaytib, Fransiyaning “Monako” klubi bilan shartnoma imzolagan Pol Pogba Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etolmaydigan bo‘ldi.

“Monako” klubi mashhur o‘yinchini musobaqa qaydnomasidan chiqarib tashladi. Bu haqida RMC Sport nashri xabar berdi.

- Butun tibbiy bo‘lim Pogbaning muammosiga yechim topishga yo‘naltirilgan.Vaziyat tafsilotlarini aniqlash jarayonini ishlab chiqishimiz kerak. Har qanday jarohatda bo‘lgani kabi, birinchi qadam — maydonga qaytish, keyin esa kerakli jismoniy holatni tiklash uchun mashg‘ulotlarni davom ettirishdan iborat bo‘ladi.

Pogba qachon yana mashg‘ulot o‘tkaza oladi? Bu savolga aniq javob yo‘q, - dedi klub direktori T’yago Skuro RMC Sport nashriga.

Pogba 2025 yil yozida doping uchun diskvalifikatsiyasi tugagach, erkin agent sifatida “Monako”ga qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u Fransiya chempionatida 3 o‘yin o‘tkazgan va samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q. Futbolchi jarohatga yo‘liqgani uchun maydonga tusha olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!