Pogba: MYu hali chempionlikdan yiroq

  • 21 yanvar, 2021, 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoasining musobaqa jadvalidagi o‘rni va APL chempionligi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Fulxem” ustidan qozonilgan g‘alaba etarli emas. Biz hali ham chempionlikdan yiroqmiz. Peshqadam bo‘lish qiyin, ammo bu erda qolish yanada qiyinroq.

Biz ishlashda davom etishimiz kerak. Ha, hozirgi holatimiz yoqimli, ammo bundan keyin ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishni istaymiz. Agar jamoa o‘zini allaqachon chempion hisoblasa, u holda "Manchester Yunayted" barbod bo‘ladi”, - dedi frantsiyalik futbolchi.

MYu 19 turdan so‘ng 40 ochko to‘plagan holda premer-liga musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Manchester Siti" hisobida esa 38 ochko mavjud va ular 1 ta o‘yin kam o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!