Pol Skoulz: "Men Rasmus Xoylundni yangi Alan Shirer deb o‘ylagandim"

  • 18 aprel, 15:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" Evropa ligasi yarim finaliga yo‘l oldi va "Lion"ni ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, 7:6 hisobida mag‘lub etdi (2:2, 5:4). Biroq, Rasmus Xoylund mazkur bosqichda gol yoki assist bilan ajralmagan.

Klub afsonasi Pol Skoulz hujumchi haqida shunday fikr bildirdi:

"Biz bu haqda ancha vaqtdan beri gaplashyapmiz. Unga ishonch va biroz omad etishmayapti. Ko‘p hollarda noto‘g‘ri pozitsiya tanlayapti. Ko‘p marta o‘z yarim maydonida ko‘rinyapti, yordam berishga urinadi yoki yaxshi pozitsiyada turib ham to‘p ololmayapti.

U kelganida men o‘ylagandim: bizda yangi Alan Shirer bor. Bu katta so‘zlar, albatta. Lekin men u kuchli markaziy hujumchi, jismonan baquvvat, himoyachilar ortga yugura oladi, deb o‘ylagandim. Ammo unga hech qanday to‘p etkazilmayapti.

U nima kutishni bilmaydi, chunki MYu o‘yinida hech qanday ritm yo‘q. Bu jamoa unga mos uslubda o‘ynamayapti".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!