Pol Xyuz: "Usmon Nurmagomedovni jang oxirigacha finish qilaman"
Irlandiyalik MMA jangchisi Pol Xyuz 3 oktyabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan PFL turnirida rossiyalik Usmon Nurmagomedovga qarshi revansh oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men Usmonni jang oxirigacha finish qilaman, ehtimol bu o‘ylaganimdan ham ertaroq amalga oshar! Agar so‘nggi 42 soniyalik nokautimni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu uchun imkoniyatim borligini anglab etasiz. G‘alaba qozonsam, Nurmagomedovga trilogiya taklif qilaman", — dedi irlandiyalik "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usmon va Xyuz o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv joriy yil mart oyida o‘tkazilgan va unda Nurmagomedov hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgandi.
Fikrlar