Porlay boshlagan yulduz “Real”dan ketyapti

  • 5 avgust, 2024, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”tarbiyalanuvchisi Nikolas Pas etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubni tark etishga qaror qildi.

Iste’dodli hujumkor futbolchi asosiy tarkibdan joy tegmasligini to‘g‘ri tushunib turibdi. Chunki Karlo Anchelotti qo‘l ostida uning pozitsiyada bir necha jahon yulduzlari to‘p tepmoqda.

Marca nashrining yozishicha, Pas o‘sishda davom etishi uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi va shuning uchun ham klubdan ketishga tayyor.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” ham 19 yoshli argentinalik futbolchining holatini to‘g‘ri tushungan holda uni AQShdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridan keyin qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Nikolas Pasning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!