Portugaliya bosh murabbiyi "JCh-2026"dan so‘ng lavozimini tark etadi
Portugalия milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Jahon chempionati yakunlangandan keyin o‘z lavozimini tark etadi.
Jurnalistlar Ben Jeykobs va Aleks Kruk tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis mundialdagi natijadan qat’iy nazar jamoani tark etishga qaror qilgan. Shuningdek, u Portugalия futbol federatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgani ta’kidlanmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Martines kelajakda Angliya Premyer-ligasiga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, u boshqa milliy terma jamoada ishlash ehtimolini ham istisno etmagan.
Ma’lumot uchun, portugaliyaliklar "JCh-2026"dagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni DR Kongoga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar