Portugalya – O‘zbekiston to‘qnashuvi top-uchrashuvlar reytingiga kirdi

  • 24.06.2026 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turidagi Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin tomoshabinlar soni bo‘yicha turning eng ommaviy bahslari o‘ntaligiga kirdi.

Xyuston shahridagi NRG Stadium arenasida o‘tgan bellashuvni 68 777 nafar muxlis stadiondan tomosha qildi. Shu natija hisobidan ushbu uchrashuv ikkinchi tur doirasidagi eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘yinlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egalladi.

Tur doirasida eng ko‘p muxlis yig‘gan o‘yin Norvegiya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘ldi — stadion tribunalarida 80 663 nafar tomoshabin jamlandi. Shuningdek, birinchi uchlikdan Argentina — Avstriya (70 649) va Belgiya — Eron (70 317) uchrashuvlari ham joy oldi.

"JCH-2026" ikkinchi turida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan 10 ta o‘yin:
1. Norvegiya — Senegal — 80 663
2. Argentina — Avstriya — 70 649
3. Belgiya — Eron — 70 317
4. Shveytsariya — Bosniya va Gertsegovina — 70 026
5. Turkiya — Paragvay — 68 827
6. Niderlandiya — Shvetsiya — 68 777
7. Portugaliya — O‘zbekiston — 68 777
8. Ekvador — Kyurasao — 68 598
9. Iordaniya — Aljir — 68 371
10. Braziliya — Gayti — 68 324.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi evropaliklar foydasiga yirik hisobda yakunlandi — 5:0. Portugaliya tarkibida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi, yana bir golga Nunu Mendes va Rafael Leau mualliflik qildi. Yana bir to‘p esa o‘zbek darvozaboni Abduvohid Ne’matovning avtogoli orqali kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!