Portugaliya. Rashidovning jamoasi quyi ligaga tushishga yaqin turibdi

Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib boradigan "Nasonal" bu tur safarda "Shavish" mehmoni bo‘ldi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 27 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 18 klub orasida 17-pog‘onani egallab turibdi. 

Oldinda esa yana 3 bahs bor va jamoa elitada qolishi uchun kamida 4 ochko olishi kerak bo‘ladi. Oldindagi 3 bahsda esa "Nasonal"ga "Gimaraynsh", "Portu" va "Belenensesh" klublari raqiblik qiladi.

Portugaliya Primeyra ligasi. 31-tur

"Shavish" - "Nasonal" 4:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!