Portugaliya. Rashidovning jamoasida ishlar yaxshi emas
Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib boradigan "Nasonal" klubi bu tur safarda "Boavishta" mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rashidov 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa, "Nasonal"ning g‘alabasiz seriyasi 5 ta o‘yinga etdi. Jamoa so‘nggi bor 2 mart sanasida "Tondela"ni mag‘lub etgan edi va shundan so‘ng 4 bahsda mag‘lub bo‘lib, 1 bellashuvda durang o‘ynadi.
Bugungi natijadan so‘ng "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 27 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
Portugaliya Primeyra ligasi. 28-tur
"Boavishta" - "Nasonal" 1:0.
Fikrlar