Portugaliya terma jamoasi sobiq a’zosi: Ronalduni eng yaxshi futbolchi deb ayta olmayman

  • 7 iyul, 2020, 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Manuel Fernandesh "Yuventus"dagi hamyurti Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ronaldu – juda iste’dodli o‘yinchi va super professional. Ammo, u men bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi deb ayta olmayman. Chunki, bu David Silva, David Vilya, Luish Figu va Deko kabi futbolchilarga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Ularning hammasi fantastik darajadagi futbolchilar, ular maydonda deyarli hamma narsani bilishadi”, - deydi Fernandesh.

 35 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 29 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!