Portugaliya terma jamoasining 2 nafa a’zosi A Seriya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 18.04.2020 20:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vulverxemton" klubining birdaniga 2 ta futbolchisi "Latsio"ni qiziqtirib qo‘ydi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rimliklar Portugaliya terma jamoasi a’zolari - Ruben Nevesh va Diogu Jotani o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Hozirda “Latsio” sport direktori Igli Tare va “Vulverxemton”ga juda yaqin bo‘lgan agent Jorje Mendesh o‘rtasida muzokaralar boshlanib ketgan.

Ta’kidlash kerakki, ikkala futbolchi ham 23 yoshda va ularning ikkalasi ham APL klubida 2017 yildan buyon to‘p surib kelishmoqda.

Nevesh joriy mavsum 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi 40 mln evroga baholanmoqda.

Jota esa 37 ta o‘yinda o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 28 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!