Portugaliyaning mashhur hujumchisini Saudiyaga olib ketishadi
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi mutasaddilari “Sporting” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransishku Trinkau transferi bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
Bu haqida insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar ilg‘or bosqichga yetgan. Futbolchining o‘zi ham transferga qarshi emas.
Hozirda klublar taxminan 50 million evrolik kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda.
Trinkau faoliyati davomida “Braga”, “Barselona”, “Vulverxempton” va “Sporting” safida to‘p surgan. O‘tgan mavsum u 54 o‘yinda 13 ta gol va 18 ta golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar