
Potter Londonga qaytishi mumkin
Grem Poter "Chelsi"dan ketganidan keyin qaerga yo‘l olishi noma’lumligicha qolmoqda. Murabbiyga bir necha klublardan takliflar tushgan. Ular qatorida "Vest Xem" ham bor. Agarda "bolg‘achilar" Devid Moyesni iste’foga chiqarsa, uning o‘rniga angliyalik mutaxassis kelishi mumkin, deya xabar berdi "The Telegraph" nashri.
Potter oldinroq "Lester"ga rad javobini bergandi. Sababi, u ayni payt dam olishni rejalashtirgan va kelasi mavsum boshidan ishga qaytmoqchi.
"Chelsi" ham hali murabbiy masalasini hal qilgan yo‘q. Klubning yangi ustozi bo‘lish uchun nomzod talaygina va rahbariyat bu borada ikkilanmoqda.
Fikrlar