
Bundesliga klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Berlinning “Gerta” klubi o‘zining rasmiy saytida yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, poytaxt jamoasi boshqaruvini 54 yoshli mahalliy mutaxassis Bruno Labbadiya o‘z qo‘liga olgan. U 13 apreldan o‘z ishiga kirishadi.
Bruno Labbadiya butun murabbiylik faoliyatini Germaniya xududida olib borgan. U bungacha «Darmshtadt», «Groyter Fyurt», «Bayer», «Gamburg», «Shtutgart» va «Volfsburg» klublarini boshqargan.
“Gerta” ayni damda Bundesliga musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Bungacha ushbu jamoani taniqli Yurgen Klinsmann boshqarib borgan edi.
Fikrlar