Prestiyanni UEFA qaroriga norozilik bildirdi, keyin esa postni o‘chirdi
UEFA Janluka Prestianini Vinisius Junior tomonidan bildirilgan irqchilikka oid shikoyatlar sababli chetlantirish haqida qaror chiqardi.
Shundan so‘ng "Benfika" vingeri ijtimoiy tarmoqda bayonot qoldirdi. U muxlis izohiga javoban quyidagilarni yozdi:
"To‘p boshqa joyda bo‘lganda bir futbolchi ikkinchisiga zarba berganini ko‘rishadi va jazolashmaydi. Ammo dalilsiz jazo berish ular uchun oddiy hol. "Real" bilan bog‘liq vaziyatlarda esa buni hatto yashirishmaydi.
Bu — sharmandalik".
Oradan ko‘p o‘tmay futbolchi mazkur xabarni o‘chirib tashladi.
Fikrlar