Prestianni UEFAga Vinisiusni qanday so‘zlar bilan haqoratlaganini aytib berdi
UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika" - "Real" o'yinida yuzaga kelgan mojaro bilan shug'ullanmoqda. Ma'lumki, Vinisius Zhunior Janluka Prestianini irqchilik ruhidagi haqoratda ayblagan edi.
ESPN'ga ma'lum bo'lishicha, Prestiani UEFAga ko'rsatma bergan. "Benfika" futbolchisi ispan tilida irqchilik deb hisoblanadigan "mono" so'zini aytganini rad etmoqda. Argentinalikning so'zlariga ko'ra, u "m" harfiga mos keladigan boshqa so'zni talaffuz qilgan - bu ham haqorat, lekin irqchilik emas. Bu so'z noan'anaviy jinsiy yo'nalishdagi erkakni anglatadi.
Aytilish joizki, Janluka Prestiani voqea paytida futbolka bilan og'zini to'shgan, shuning uchun labdan o'qish bo'yicha mutaxassislarni jalb qilish befoyda.
"Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar