Prezident Messiga murojaat qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley hujumchi Lionel Messining milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi. Futbolchi terma jamoadan ketishini 31 avgust kuni e’lon qilgan edi.
“Katta rahmat, aql bovar qilmas inson!” - deb yozdi Miley ijtimoiy tarmoqda Messining suratini joylashtirgan holda.
Messi Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yildgi Jahon chempionati, 2021 va 2024 yildgi Amerika Kubogi, 2022 yildgi Finalissima g’olibi hamda 2008 yildgi Olimpiada chempioni bo‘lgan.
Messi xayrlashuv maktubida terma jamoa tarkibidagi 20 yil davomida qo‘llab-quvvatlab kelgan muxlislarga minnatdorlik bildirdi va qaror 2026 yildgi Jahon chempionatidan so‘ng darhol qabul qilinganini ma’lum qildi.

Fikrlar