Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtirokiga munosabat bildirdi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasining futbol boʻyicha 2026 yildagi jahon chempionatidagi ishtirokiga munosabat bildirdi. Bu haqida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi oʻzining rasmiy uza.uz sayti orqali xabar tarqatdi.
– Milliy jamoamizning AQSh va Meksika maydonlaridagi oʻyinlarini butun xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon boʻlib, katta his-hayajon bilan kuzatib bordik.
Futbolchilarimiz FIFA reytingida 5-oʻrinda turgan Portugaliya, 13-oʻrindagi Kolumbiya hamda koʻplab futbolchilari Yevropaning yetakchi klublarida toʻp suradigan Kongo terma jamoalari bilan oʻtkazilgan oʻyinlar orqali oʻziga tajriba orttirdi, mundial nafasini his qildi desak, toʻgʻri boʻladi. Abbos Fayzullaev va Eldor Shomurodov jahon chempionatidagi ilk gollarini kiritib, xalqimizga xursandchilik bagʻishladi.
Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki toʻgʻrisida turli fikrlar bildirilmoqda.
Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz aʼzolariga ortiqcha his-tuygʻu bilan eʼtiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qoʻllab-quvvatlash, ruhini koʻtarish har qachongidan ham muhim, – dedi Prezidentimiz.
Katta gʻalabalar hali oldinda ekani, buning uchun futbolni rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratilishi, bu sohaга investitsiya koʻpaytirilishi taʼkidlandi. Eng avvalo, bolalar futboliga eʼtibor kuchaytirilib, mazkur sport umummilliy harakatga aylantiriladi.
Kelasi yilning yanvarida Saudiya Arabistoni maydonlarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi.
– Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qoʻllab-quvvatlaymiz, – dedi Prezidentimiz.

Fikrlar