“Prezident Olimpiadasi”ning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi

“Olimpiya shaharchasi”da “Prezident Olimpiadasi”ning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda turli nominatsiyalarda g‘olib deb topilganlar o‘z mukofotlarini qabul qilib olishdi.

— “Eng yosh iqtidorli sportchilar”
Qamariddin Xudoyberganov (yunon-rum kurashi, Toshkent shahri);
Rushanabonu Isoeva (boks, Buxoro viloyati)

— “Rekord natija qayd etgan sportchi”
Shahnoza Haydarova (og‘ir atletika, Surxondaryo viloyati)

— “Eng namunali trener”
Shuhrat Alijonov (og‘ir atletika, Andijon viloyati)

— “Eng yaxshi hakam”
Dmitriy Kim (taekvondo WT)

— “G‘alabaga bo‘lgan yuksak irodasi va jamoaviy birdamligi uchun”
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

 — “Sportchilarga eng namunali sharoit yaratgan hudud”
Andijon viloyati

— “Og‘ir atletika sport turida lider bo‘lgan delegatsiya”
Surxondaryo viloyati

— “Engil atletika sport turida lider bo‘lgan delegatsiya”
Sirdaryo viloyati

— “Taekvondo WT sport turi jadal rivojlanayotgan hudud”
Jizzax viloyati

— “Medal jamg‘argan sport maktablari eng ko‘p bo‘lgan hududiy delegatsiya”
Farg‘ona viloyati 

— “Sport turlari geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo‘shayotgan hudud”
Samarqand viloyati

— “Muxlislar mehrini qozongan delegatsiya”
Namangan viloyati 

— Ishtirokchilar tarkibida gender tengligi ta’minlangan delegatsiya”
Qashqadaryo viloyati

— “Istiqbolli  delegatsiya”
Navoiy viloyati

— “Namunali tashkilotchiligi uchun”
O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi; 
O‘zbekiston boks federatsiyasi; 
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi; 
O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi.

Umumjamoa hisobida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hududiy sport delegatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan taqdirlandi.

1-o‘rin: Toshkent shahri (26 ta oltin, 15 ta kumush, 12 ta bronza)

2-o‘rin: Toshkent viloyati (18 ta oltin, 8 ta kumush, 30 ta bronza)

3-o‘rin: Xorazm viloyati (16 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza).

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!