Pro liga. 3-tur uchrashuvlari yakunlandi. Turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 17.04.2026 21:58
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Pro liganing 3-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda ham bir qator qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Jumladan, turning markaziy o‘yinlaridan biri hisoblangan “Sho‘rtan” hamda “FarDU” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi  durang bilan yakunlandi.  Shuningdek, “Metallurg” va “Kattaqo‘rg‘on” o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ayni vaqtda turnir jadvalida hali mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan Vadim Shadimatov shogirdlari peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa hisobida 9 ochko mavjud.

 Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!