Pro liga. “Aral” safarda "Kattaqo‘rg‘on” bilan, “G‘azalkent” esa “FarDU” bilan durang o‘ynadi
Pro liganing 4-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi.
Birinchi bellashuv Samarqandning “Kattaqo‘rg‘on” hamda Qoraqalpog‘istonning “Aral” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab uchrashuvning 12-daqiqasida Ruslan Qalmo‘g‘ambetov hisobni ochgan bo‘lsa, bahsning 90-daqiqasida samarqandliklar futbolchisi Fransis Narh gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Kuning ikkinchi uchrashuvida Farg‘onaning “FarDU” va Bo‘stonliqning “G‘azalkent” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va bellashuv 2:2 hisobida tugadi. Dastlab uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Suxrob Sadirjanov hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Bobur Farhodov gol kiritib, muvozanatni tiklashga erishdi. So‘ngra Abdurahmon Abdullaev 77-daqiqada gol kiritib, “G‘azalkent”ni yana hisobda oldingda olib chiqdi. Uchrashuvning umumiy vaqtiga qo‘shib berilgan 4-daqiqasida esa Shodiyor Xojimatov farg‘onaliklarining ikkinchi gollini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
- O'zbekiston - Pro Liga
- Muntazam mavsum
FarDu
- Bobur Farkhodov 52'
- Shokhdiyor Khozhimatov 90'
21.04.2026 16:30
Gazalkent
- Sukhrob Sadirzhonov 19'
- Abdurakhmon Abdullaev 77'
- O'zbekiston - Pro Liga
- Muntazam mavsum
Kattaqurgon
- Francis Narh 90'
21.04.2026 16:30
Aral
- Ruslan Kalmagambetov 10'

Fikrlar