Pro-liga. "Buxoro" Jizzaxda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

Pro-liga 13-turidan o‘rin olgan "Zomin" - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Mehmonlar safida gollarga Ro‘zimboy Ahmedov va Rustam Abduhamidov mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli Sunnatillo Rustamov hisobiga qayd etildi. 

Mazkur natijadan so‘ng "Buxoro" ochkolari sonini 21 taga etkazib, 4-o‘rinda qoldi. "Zomin" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
24/06/2022 21:00
Бухоро ютган булса хам уйин жуда хам суст Фузайловни хайдаш керак жамоани огир ахволда колдиргани учун