
Pro liga klubida bosh murabbiy o‘zgardi
Pro liga vakillaridan biri – Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Bungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahodir Shoymardonov iste’foga chiqdi.
Uning o‘riga Gennadiy Kochnev bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13 ta turdan keyin “G‘ijduvon” 10 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o‘rinni band etib turibdi. Jamoa hisobida 2 g‘alaba, 4 durang va 7 ta mag‘lubiyat bor.
Fikrlar